баннер
7 Apr 2025
02:26

    Angren shahriga 15 ta “YUTONG” avtobuslari olib kelindi

    Shu yilning 3-mart kuni Angren shahriga “Angren avto group” MCHJ tomonidan 15 dona zamonaviy “YUTONG” avtobuslari olib kelindi.

    Qayd etilishicha, ushbu avtobuslar Angren shahri jamoat transporti tizimini rivojlantirish, yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan transport xizmatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida olib kelindi.

    Shuningdek, joriy yilda Toshkent viloyatining 7 ta shahrida brutto-shartnoma tizimi asosida 21 ta yoʻnalishida tashuvlarni tashkil etish maqsadida 170 ta yangi avtobuslarni xarid qilish rejalashtirilgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech