Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev maʼruza qildi.
Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.
Shu vaqtga qadar Angren shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Shukurulla Mahmudov Toshkent viloyati hokimiga qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosar etib tayinlanishi munosabati bilan shahar hokimi lavozimidan ozod qilindi.
Angren shahar hokimi lavozimiga Abdurahmonov Nuriddin Karimovich nomzodi koʻrsatilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
N. Abdurahmonov Piskent tumanida tugʻilgan. Mutaxassisligi boʻyicha moliyachi. Shu vaqtga qadar Prezident Administratsiyasining masʼul xodimi sifatida faoliyat yuritib kelgan.