Biznes-rejaga ko'ra, yillik ishlab chiqarish quvvati 800 ming kv.mni tashkil etadi. Tayyor mahsulotlarni Markaziy Osiy, MDH davlatlari va boshqa mamlakatlarga eksport qilish rejalashtirilgan.
Korxona faoliyati kengayishi natijasida qo'shimcha 200 ta yangi ish o'rni yaratildi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.