Angren shaharda faoliyat koʻrsatuvchi korxonaga tegishli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shahobchasi,sodda qilib aytganda “METAN zapravka” bir necha yillardan beri unumli faoliyat olib borsa-da, soliq qarzlarini vaqtida toʻlamaganligi evaziga qarzdorligi 3 mlrd 200 million soʻmni tashkil etgan.
Toshkent viloyati soliq idorasidan tegishli qaror Byuroning Angren shahar boʻlimiga kelib tushgach, darhol qarzdor tarafga ijro hujjati talabini bajarish uchun 15 kun ixtiyoriy muddat belgilangan.
Qarzdor korxona davlat ijrochisining ushbu qarorini ijrosiga jiddiy munosabat bildirmaganligi sabab, mazkur ijro hujjati boʻyicha majburiy ijro harakatlari olib borilib, metan quyish shahobchasi toʻliq xatlandi.