Uchrashuvda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, nuroniylar, oʻquvchilarning otalari, vasiylari, pedagoglar, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi.
Taʼkidlash joizki, bu galgi muloqot faqat otalar uchun ochiq muloqot shaklida tashkil etilgani bilan alohida ahamiyatga ega.
Ushbu maktab 50 kundan buyon yangi loyihani faol tatbiq qilib kelmoqda.
Zoyir Mirzayev oʻz nutqida bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan voqealar, mamlakatimizda taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor, maktab va oila hamkorligining dolzarbligi, farzand tarbiyasida otaning oʻrnini alohida taʼkidladi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev “Telefonsiz maktab” loyihasini faol qoʻllab-quvvatlagani uchun Angren shahridagi 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori Zebo Mahkamovaga 300 million soʻm pul mukofotini topshirdi.