Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda hodisa neft ortilgan maxsus yuk mashinasi va sement ortilgan yuk mashinasi, shuningdek, bir nechta yengil avtomobillar ishtirokida sodir boʻlganini, avtomobillar yonayotganini koʻrish mumkin.

Toshkent viloyati IIBBning maʼlum qizilshira, Bugun, 7-sentyabr soat 12:20 larda Toshkent viloyati Angren shahri hududidan oʻtgan A-373 “Toshkent-Oʻsh” Xalqaro avtomobil yoʻlida bir nechta transport vositalari ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jarayon Toshkent viloyati IIBB va boshqa masʼul tashkilotlar tomonidan toʻliq nazoratga olingan.