Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan holat oʻrganildi. Oʻrganish natijasida parkdagi "Amfiteatr"da "lenta-shou" uyushtirilishi, bunda animatorlar tomonidan lentalarni aylantirib, tomosha koʻrsatilishi, "osmondan lentalar yogʻilishi" esa eʼtiborni jalb qilish uchun aytilganligi maʼlum boʻldi.
Bayram tashkilotchilariga bu kabi shoular atrof-muhitning ifloslanishiga sabab boʻlishi, ekologiya uchun zararli ekanligi tushuntirildi. Natijada shu kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan "lenta-shou" bekor qilindi. Qolaversa, blogerlar tomonidan tarqatilgan videolar oʻchirildi.