– Animator rassom emas, balki aktyorlik mahoratiga ham ega boʻlishi kerak. Men Oʻzbekistonga kelib ushbu forumda ishtirok etayotganimdan xursandman. Mamlakatingizda animatsion filmlarni rivojlantirishga eʼtibor qaratilayotgani tahsinga loyiq. Sababi bu yoʻnalishda bolalarning tasavvurini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Forumning tashkil etilgani juda yaxshi boʻldi va buning davomiy boʻlishini xohlayman. Guvohi boʻlayotganingizdek, animatsion forum doirasida xorij filmlari ham namoyish etilmoqda. Bu biz uchun ham, oʻzbek animatorlari uchun ham tajriba almashish imkoniyatini beradi.