Gollivud aktrisasi Anjelina Joli Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Uinston Cherchill tomonidan chizilgan «Qutubiya masjidining minoralari» kartinasini sotishga qaror qildi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Kimoshdi savdolari 1-mart kuni boshlanadi.

Auksion uyi mutaxassislari Cherchill kartinasi 3,4 million dollarga sotilishi mumkin, deb hisoblashmoqda.

Maʼlumki, Cherchill ashaddiy havaskor rassom edi. Hayoti davomida 500 dan ortiq kartinalarni chizgan.

Sobiq er-xotin boʻlmish Pitt va Joli birgalikda qiymati taxminan 25 million dollarga baholanadigan sanʼat asarlarining katta kolleksiyasini toʻplashgan. Er-xotin 2011-yilda Atlas togʻlarining fonida masjid tasviri bilan kartinani sotib olishgan edi.