Anor taʼmli ichimlikdan qayta namunalar olinib laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazilmoqda - Sanepidqoʻmita

    Ijtimoiy tarmoqlari orqali Qirgʻizistonda Afgʻoniston Respublikasida ishlab chiqarilgan anor taʼmli ichimlik tarkibida zaxarli moddalar aniqlangani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

    Ushbu mahsulot Oʻzbekiston Respublikasiga ham olib kirilgan. Har bir partiyalar tegishli laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazilib keltirilgan mahsulot partiyasiga sanitariya-epidemiologik xulosalar berilgan.

    Keltirilgan mahsulotlar tarkibida zaxarli yoki inson salomatligi zarar keltiruvchi moddalar aniqlanmagan.

    Hozirda Afgʻoniston respublikasida ishlab chiqarilgan “Anor” taʼmli maxsulotlardan qayta namunalar olinib, nazorat tartibida laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda.

    Bugungi kunga qadar aholi tomonidan aynan ushbu mahsulotning sifatsizligi va isteʼmol qilish oqibatida zaxarlanganligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushmagan, deya xabar beradi Sanepidqoʻmita axborot xizmati.