Har ikki davlatda o'zbek va turk xalqlari san'ati hamda madaniyatini targ'ib etish, dunyo hamjamiyatiga namoyish etish maqsadida madaniyat kunlarining tashkil etilishi ham ana shunday hamkorliklar doirasidan o'rin olgan.
Joriy yilning 12-18-dekabr kunlari Anqara va Istanbul shaharlarida O'zbekiston madaniyat kunlari o'kaziladi.
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi bilan hamkorlikda o'tkaziladigan mazkur tadbirda o'zbek san'atkorlari ishtirokida kontsert hamda "O'zbekiston — Buyuk ipak yo'lida" nomli fotoko'rgazma tashkil etiladi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati.









