Anqara va Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

    Bugun, 18 aprelь kuni erta tongda, mahalliy vaqt bilan soat 05:11 da Turkiyaning AnadoluJet aviakompaniyasi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʼndi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati maʼlum qildi.

    Xabarga koʼra, Anqara – Toshkent yoʼnalishida ilk qatnovni amalga oshirgan aviakompaniyaning Boeing 737-800 havo kemasida 160 nafar yoʼlovchi Toshkentga keldi.

    Mazkur yoʼnalishda aviaqatnovlar muntazam ravishda haftada bir marta dushanba kunlari, Anqaraga esa seshanba kunlari amalga oshiriladi.

    "Eslatib oʼtamiz, bugungi kunda, shuningdek, Oʼzbekison va Turkiya oʼrtasida Toshkent – Istanbul, Samarqand – Istanbul, Fargʼona – Istanbul, Urganch – Istanbul, Buxoro – Istanbul yoʼnalishlarida tayinlangan aviakompaniyalar tomonidan haftasiga 61 ta reys amalga oshirilmoqda", deyiladi xabarda.tnovlar muntazam ravishda haftada bir marta dushanba kunlari, Anqaraga esa seshanba kunlari bajariladi.

    Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda, shuningdek, O‘zbekison va Turkiya o‘rtasida Toshkent – Istanbul, Samarqand – Istanbul, Fargona – Istanbul, Urganch – Istanbul, Buxoro – Istanbul yo‘nalishlarida tayinlangan aviakompaniyalar tomonidan haftasiga 61 ta reys amalga oshirilmoqda.