Turkiyaning kurort shahri hisoblanadigan Antaliya hokimi Muxittin Bojek koronavirus bilan kasallangan. Bu haqda u  Twitterdagi sahifasida ma'lum qildi.

     Bojek kayfiyati yaxshi ekanligini yozgan. Antaliya hokimi shifokorlar nazorati ostida kasalxonada izolyatsiya qilingan. U barchani niqoblardan foydalanishga va ijtimoiy masofani saqlashga undamoqda.