Antaliyada funiklyorda nosozlik yuz berdi: oqibatida bir kishi hayotdan ko'z yumdi

    Antaliyada (Turkiya) funikulyorning nosozligi oqibatida bir nafar Turkiya fuqarosi hayotdan ko'z yumdi, 184 kishi balandlikdagi kabinalarda qolib ketgan.

    Bu haqda shahar hokimi Muxittin Bedjek ma'lum qildi.

    Kabinaning balandlikdan tushib ketishi oqibatida bir kishi hayotdan ko'z yumdi. Voqea guvohlaridan birining aytishicha, voqea sodir bo'lishidan oldin u portlashga o'xshagan ovozini eshitgan, shundan so'ng funiklyor silkina boshlagan.

    Shahar hokimining so'zlariga ko'ra, kabinalardagi odamlar Aydin, Bursa va Balikesir viloyatlaridan Antaliyaga uchib keladigan vertolyotlar yordamida qutqaradi. Yerga nisbatan yaqinroq masofada bo'lgan odamlar allaqachon evakuatsiya qilingan.

    OAV xabariga ko'ra, yetti kishi jarohatlangan. Ular orasida ikki nafar bola ham bor, deb xabar beradi mir24.tv.