Bunday holat Shimoliy yarim sharda bundan avval kuzatilgan. Biroq bu Antarktidada ilk marta qayd etilishi.

Insubriya universiteti olimlari Antarktidada uchraydigan ikkita gulli o'simlik Deschampsia antarctica hamda Colobanthus quitnsisni 2009 — 2019 yillar davomida tahlil qilishdi.

Tadqiqotchilar o'simliklar 50 yil avvalgiga qaraganada ko'proq maydonni qoplaganini va tezroq o'sganini tasdiqladi.

O'n yillik tadqiqotlar davrida Deschampsia xuddi 1960 — 2009 yillardagi kabi tez suratlarda, Colobanthus besh baravar tezroq o'sgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, havo haroratining ko'tarilishi qit'ada bioxilma-xillikka salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Signi orolida kuzatilayotgan bunday holat Janubiy yarim sharning janubiy hududlarida ham qayd etilishi mumkin. Bu esa materikning o'ziga xos muhitga salbiy ta'sir ko'rsatadi, deya xabar beradi korrespondent.net.