Yangi tadqiqot shuni ko'rsatdiki, mintaqa dunyoning boshqa hududlariga qaraganda deyarli ikki barobar tezroq isimoqda.

Olimlar so'nggi ming yil ichida iqlim qanday o'zgarganini tushunish uchun 78 ta Antarktika muz namunalarini tahlil qilishdi. Natijalar qit'ada isish tabiiy iqlim o'zgarishlari me'yoridan oshayotganini ko'rsatdi.

Qutb hududlari sayyoramizning qolgan qismiga qaraganda tezroq issiydi. Ushbu tendensiya Arktikada aniq ko'rinadi. Olimlar uzoq vaqtdan buyon Antarktidani global isishdan ko'proq himoyalangan deb hisoblab kelishgan. Ammo, so'nggi ma'lumotlar ko'rsatganidek, u yerda o'zgarishlar yuzaga kelmoqda.

Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, Antarktida hozirda har o'n yilda 0,22 dan 0,32 darajagacha isimoqda.

Janubiy qutbdagi dengiz muzlari darajasi oxirgi ikki yil davomida rekord darajada pastligicha qolmoqda. Bu holat mahalliy hayvonot olamiga jiddiy tahdid solmoqda. 2022-yil oxirida minglab imperator pingvin jo'jalari muzlar erigach, nobud bo'ldi.

Olimlar dengiz muzlarining yo'qolishi kelajakda okean isishiga, dengiz ekotizimlari uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi degan xulosaga kelishdi.

Janubiy qutb muzliklarining to'liq erishi dengiz sathining birdaniga bir necha metrga ko'tarilishiga olib keladi, buning oqibatida aholi zich joylashgan qirg'oq hududlari suv ostida qoladi, deb xabar beradi mir24.tv.