“O'tgan asrda havo harorati ko'tarilgan, biroq bizning bashoratlarimizga ko'ra, 2096-yilda harorat 2022-yilga nisbatan 6 darajaga issiqroq bo'lishi mumkin”, deydi tadqiqotchilar.
Olimlarning fikriga ko'ra, Antarktida hududining atigi 1 foizga yaqini o'simliklar o'sishi uchun mos, qolgan qismi qalin muz va qor qatlami bilan qoplangan.
Biroq martga yaqinlashgach, qit'adagi havo harorati ko'tarilib, muz qobig'i pasayishni boshlaydi va Antarktika florasi uchun yangi hududlarni yuzaga keltiradi.
Global isish allaqachon Antarktidadagi o'simliklar sonining sezilarli darajada ko'payishiga olib keldi va asr oxiriga kelib ular egallagan maydon uch baravar ko'payishi mumkin, deb xabar beradi aif.ru.