Bu haqda AQSh milliy muz va qor ma'lumotlar markazi (NSIDC) tadqiqotida aytiladi.
Bu yil Antarktidadagi dengiz muzlarining maksimal maydoni oldingi antirekorddan – 1 million kvadrat kilometrdan kam bo'ldi. Shunday qilib, mintaqa Misr hududiga teng muz maydonlarisiz qoldi.
Sayyoramizning boshqa qutbida – Arktikada yoz mavsumi oxirida dengiz muzining maydoni 4,23 million kvadrat kilometrni tashkil etdi, bu 45 yillik kuzatuvlar davomida oltinchi eng past ko'rsatkichdir.
NSIDCning ma'lumot berishicha, Antarktika dengiz muzlari 2016-yildan buyon keskin chekinishni boshlagan.
Sohil muzlarining yo'qolishi Antarktida qirg'oqlarida kuchli to'lqin ta'sirini yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, muz qatlamlarining zaiflashishi dengiz sathining ko'tarilishini tezlashtiradi, deb xabar beradi mail.ru.