Britaniya Antarktika xizmati yangi aysberg paydo bo'lganini e'lon qildi. Ta'kidlanishicha, Antarktidaning Brant muz shelfidan 1550 kvadrat kilometr maydonga ega ulkan muz bloki ajralgan. Muzlikning hajmi yo'qolishi bilan bog'liq ilk belgilar 10 yil oldin sezila boshlagan edi. Keyin ikkita aysberg ajralib chiqdi.

“Bir yildan ko'proq vaqt oldin Antarktida muzliklaridan maydoni 1270 kvadrat kilometr bo'lgan muz qismi ajralib chiqdi va bugungi kunda muzlik 1550 kvadrat metrlik o'zining yana bir qismidan ayrildi”, dedi olimlar.

Glatsiolog Dominik Xojsonning fikricha, muzlikning parchalanishiga iqlim o'zgarishi sabab bo'lgan, Arktika va Antarktidaning ayrim qismlari dengiz muzlarining yo'qolishini tezlashtirgan. Uning ta'kidlashicha, bu mutlaqo tabiiy jarayon.

Eslatib o'tamiz, Grenlandiya muz qatlami erishi natijasida dengiz sathi 1,2 santimetrga ko'tarilgan. Bu ko'rsatkichga so'nggi 20 yil ichida yuzaga keldi.