Antarktidadan ulkan aysberg ajralib chiqdi

    Muzlikning qalinligi 150 metrni tashkil etadi.

    Antarktidadan maydoni 1270 kvadrat kilometrli ulkan aysberg ajralib chiqdi.

    Aysberg Britaniyaning Halley tadqiqot stansiyasi joylashgan Brant muzligidan ajralgan. Muzlikning qalinligi 150 metrni tashkil etadi.

    Muzlikda 10 yil avval yirik yoriqlar paydo boʻlgandi. Yanvarda eng yirik yoriqlardan birining kengayishi tezlashdi. Natijada 26-fevralda aysberg muzlikdan ajraldi.

    Qayd etilishicha, bu hodisa stansiya uchun xavf solmaydi. Stansiya 2016-yilda qitʼaning ichkariroq qismiga koʻchirilgandi. Fevral oʻrtalarida 12 nafar xodimdan iborat guruh stansiyani tark etgandi.