Bugun kunduz kuni Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq boʻladi.

Soha mutaxassislarining taʼkidlashicha, antitsiklon preferiyasi bugun toʻliq Oʻzbekistonni tark etadi.

Poytaxtimiz Toshkent shahrida yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq boʻladi.

Togʻli hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq boʻladi.