Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Iordaniyadagi yuqori darajadagi xalqaro konferensiyadagi nutqida ma'lum qildi.
U, shuningdek, Rafah nazorat-o'tkazish punktiga qilingan hujumdan so'ng “Shundoq ham G'azo aholisi uchun o'ta tanqis bo'lgan muhim gumanitar yordam oqimi uchdan ikkiga qisqarganini” ta'kidladi.
O'lik dengizdagi Qirol Husayn bin Talal nomidagi anjumanlar markazida G'azo sektori aholisiga gumanitar yordam ko'rsatish bo'yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya bo'lib o'tmoqda. “Harakatga chaqirish: G'azo sektoriga shoshilinch insonparvarlik yordami” shiori ostida o'tkazilayotgan forum Iordaniya qiroli Abdulla II, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy va BMT Bosh kotibi tashabbusi bilan tashkil etilgan, deb xabar beradi tass.ru.