Antoniu Guterrish Livanda BMT tinchlikparvar kuchlari jarohatlanganini qoraladi

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Livan janubida tashkilotning tinchlikparvar kuchlaridan to'rt nafari yaralanishiga sabab bo'lgan portlashni qoraladi.

    Livan hujumda Isroilni aybladi, biroq Tel-Aviv bu ayblovlarni rad etdi.

    30-mart kuni tushdan keyin BMTning to'rt nafar harbiy kuzatuvchisi yaqinida snaryad portlashi oqibatida ular yaralandi. BMT sulh nazorati tashkiloti (UNTSO) otishma manbasini aniqlamadi.

    Reuters agentligining ism-sharifi oshkor qilinmagan ikki xavfsizlik manbasi hujumda Isroilni aybladi. Unga ko'ra, voqea Livan janubidagi Rmeysh shahri tashqarisida sodir bo'lgan. Mashinaga zarba berilganida uch nafar BMT texnik kuzatuvchisi va bir livanlik tarjimon bo'lgan.

    Guterrish idorasi BMTning Livandagi Muvaqqat kuchlari (UNIFIL) tomonidan tergov davom etayotganini bildirdi, deb xabar beradi report.az.