Apellatsiya arizalari 31-avgustga qadar onlayn qabul qilinadi

    Ta'lim 22 Avgust 2023 1960

    Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

    Apellatsiya arizalari my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi.

    Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan boʻlishi lozim.

    Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni koʻrib chiqish sanasi va vaqti koʻrsatilgan xabarnoma beriladi.

    Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

    Apellatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish 2023-yil 24-avgustdan boshlanadi.