Apellatsiya arizalarini ko'rib chiqish jarayoni yakunlandi

    Unda apellatsiya arizasi bergan jami 9 253 nafar talabgordan 1 185 nafari (12,8 %) ishtirok etdi.

    Davlat test markazida 26 sentyabr kuniga belgilangan apellatsiya arizalarini ko'rib chiqish jarayoni yakunlandi.

    Arizalari ko'rib chiqish 2022 yil 7 sentyabr kuni boshlangan bo'lib, bugun mazkur jarayon to'liq o'z nihoyasiga etdi.

    Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko'rib chiqilib, unda apellatsiya arizasi bergan jami 9 253 nafar talabgordan 1 185 nafari (12,8 %) ishtirok etdi.

    Ularning:

    — 975 nafari (7 740 nafardan) — OTMlarning bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga kirish test sinovlariga;

    — 210 nafari (1 513 nafardan) — xorijiy va nodavlat OTMlardan o'qishni ko'chirish test sinovlariga taalluqli. Bu haqida Davlat test markazi xabar bermoqda.