“Transfer markt” nashri Angliya premyer ligasida toʻp surayotgan eng qimmat jamoalar yigirmataligini aniqladi. Roʻyxatning boshidan “Manchester Siti” joy olgan. Klub futbolchilarining umumiy bahosi 1,26 milliard yevro. Keyingi oʻrinni  1,10 milliard yevro bilan “Arsenal” egallagan.

Kuchli oʻnlikda, shuningdek, “Chelsi” (999 million yevro), “Liverpul” (877 million yevro,), “Menchester Yunayted” (877 million yevro), “Tottenxem” (748 million yevro), “Nyukasl” (651 million yevro), “Aston Villa” (631 million yevro), “Vest Hem” (471 million yevro) va “Brayton” (468 million yevro) klublari bor.