APLning narxi oshgan va tushgan futbolchilari

    Sport 9 Dekabr 2025 779

    Abduqodir Husanovning qiymati qancha?

    Transfermarkt portali Angliya Premer-ligasi futbolchilarining narxini yangiladi.

    Unga ko'ra, "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand 200 mln evro bilan birinchi o'rinni saqlab qoldi. Uning narxi naqd 20 mln evroga o'sgan. "Arsenal" vingeri Bukayo Sakaning qiymati 10 mln evroga kamayganiga qaramasdan, 130 mln evro bilan ikkinchi pog'onani band etdi. Londonliklarning yana bir futbolchisi, yarim himoyachisi Deklan Raysning narxi o'zgarmadi va uchinchi o'rinda qoldi.

    "Manchester Siti" himoyachisi va O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning narxi o'zgarmadi (35 mln evro) va u Angliya chempionatidagi himoyachilar orasida 31-o'rinda qayd etilgan.

    Narxi qimmatlagan o'yinchilar

    Narxi arzonlagan o'yinchilar