Apple 7 sentyabr kuni yangi iPhone 14ni taqdim etadi

    Amerikaning Apple korporatsiyasi 7-sentyabr kuni bo'lib o'tadigan taqdimotda IPhone 14 smartfonlarining yangi modelini namoyish etishni rejalashtirmoqda.

    Yangi iPhone liniyasida 5,4 dyuym ekranga ega model bo'lmaydi, uning o'rniga avval faqat Pro versiyalarida bo'lgan 6,7 dyuym ekranli bazaviy model paydo bo'ladi.

    Bundan tashqari, old kamera o'zgaradi, bu qaror ekranning bir qismini bo'shatishga yordam beradi. Pro modellari 48 megapikselli keng burchakli kameraga ega bo'lishi kutilmoqda.

    Ma'lumotlarga ko'ra, Apple Watch, iPad va Mac komp`yuterlarining yangi modellari taqdimoti IPhone 14 bilan bir vaqtda o'tkazilishi mumkin.

    Apple ko'rsatilgan sanani hali tasdiqlamagan, biroq an'anaviy tarzda yangi IPhone 14 modellarining taqdimoti sentyabr oyining birinchi yarmida o'tkaziladi. Savdolar 16 sentyabrda boshlanishi kutilmoqda, deya yozadi Bloomberg nashri.