Apple 22 yil davom etgan anʼanasini buzdi: toʻrtinchi chorakda bironta kompyuter chiqarmadi.

2022-yil nihoyasida kompaniya noutbuk (MacBook Pro) va kompyuter (Mac Pro) chiqarishi kutilayotgandi, biroq sizdirilgan maʼlumotlarga koʻra, bu qurilmalarning taqdimoti 2023-yilga qoldirilgan.

Kompaniya tarixiga nazar solinsa, har yili oktyabrdan dekabrgacha oraliqda kamida bitta yangi noutbuk yoki kompyuterini chiqargan. Shunaqa qurilmalarning birinchisi iBook G3 kompyuteri edi.

Apple bu yil hisobidan taqdim etgan eng soʻnggi qurilma — 15-iyunda chiqarilgan MacBook Air M2 noutbugi.

Maʼlumotlarga koʻra, Apple 14 va 16 dyuymli ekranga ega MacBook Pro noutbuklarini chiqarishi kutilayotgandi. Ushbu qurilmalar 2023-yilning mart oyi berisida taqdim etilmasligi aytilmoqda.