— Oʻzbekiston uzoq yillar davomida investitsiyalarni jalb etish nuqtayi nazaridan “vakuum ichida” edi. Endi Oʻzbekistonda iqtisodning erkinlashuv jarayoni kechayotgan bir paytda investitsiyalar yangi bozorga yopirilib kirib bordi. Apple haqida soʻzlaydigan boʻlsak, uning uchun yangi bozorlar kerak edi. Ular Qozogʻistonni egallangan, oʻzlashtirilgan bozor hisoblaydi. Bizda hatto talabalarda ham Applening soʻngi modelidagi telefonlar. Yangi modelning paydo boʻlishida Apple kompaniyasi uchun reklamaga hojat qolmaydi — fuqarolarimiz ularni har xil yoʻllar bilan sotib oladi: Amerika va boshqa mamlakatlardan olib keladi — deb tushuntirdi Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Almas Aydarov.
Undan tashqari, deb taʼkidladi Aydarov, Qozogʻiston Rossiya bilan yagona ittifoqda. U yerda esa Applening katta ofisi harakatda. Shunday ekan, ikki mamlakat oʻrtasida tovarlar qoʻshimcha soliqlarsiz almashinadi.
— Bu masalada Apple uchun biz egallangan bozormiz. Oʻzbekistonning bozori esa Apple uchun hali oʻzlashtirilmagan. U yerda koʻproq Samsung ishlab chiqargan telefonlar. Oʻzbekistonning tanlangani mana shu bilan asoslanadi, — deb xulosa qildi Aydarov.
U shuningdek, investitsiyalar jalb etish uchun hozir transmilliy kompaniyalar bilan muzokaralar olib borilayotgani, ular orasida Siemens kompaniyasi borligini taʼkidladi. Mazkur kompaniya TIV vakili soʻzlariga qaraganda, “Qozogʻistonda allaqachon xizmat koʻrsatyapti, lekin ishlab chiqarish bazasi yoʻq”.
Avvaldan maʼlumki, Nike, ADIDAS, Apple kabi jahondagi mashhur brendlar, shuningdek, kiyim-bosh va uy uchun tovarning chakana savdosi boʻyicha peshqadam boʻlgan Ispaniyaning INDITEX kompaniyasi Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchi. Soʻngi bir yarim yil ichida bir necha yirik korporatsiyalar Oʻzbekistonda soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Bular jumlasiga Netflix, Google Commerce, Google Ireland, Google Voice, Samsung Electronics, Sleverbridge, Xsolla, Activision Blizzard International kiradi. Oʻtgan yili aprelda ushbu roʻyxatga Apple Distribution International ham qoʻshildi, deb xabar qiladi Orda.kz.