Aprel oyida Oʻzbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

    Joriy yilning aprel oyida yogʻingarchilik meʼyordan kam boʻlishi kutilmoqda.

    Aprel oyi boshlandi – u taqvim bahorining oʻrtasidir. Oʻzbekistonda aprel oyi ob-havoning beqarorligi bilan ajralib turadi. Odatda momaqaldiroq va shiddatli shamol bilan yomgʻir tez-tez yogʻadi. Respublikaning shimoli, janubining eng chekkasi va choʻl hududlarida oy uchun oʻrtacha 5 kundan 8 kungacha, togʻlarga yaqinroq hududlarda 9-13 kungacha yogʻingarchilik boʻladi.

    Oʻzbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixi davomida turli xil aprel oylari kuzatilgan. Ekstremal quruq yoki yogʻingarchilik umuman boʻlmagan yoki ularning oylik miqdori meʼyordan 10% dan koʻp boʻlmagan. Bir oy davomida yogʻingarchilik meʼyordan 3-5-marta koʻp boʻlgan.

    Shunday qilib, Toshkentda 1975-yilning aprel oyi eng quruq yil boʻlgan. Yogʻingarchilik atigi ikki marta yogʻgan va ularning miqdori 2 mm ni tashkil etgan, bu aprel oyi meʼyorining 3 % ini tashkil etadi. 1990-yilning aprel oyi eng nam yil, bunda bir oyda yogʻingarchilik oylik meʼyordan 300% atrofida boʻlgan, yogʻingarchilik kuzatilgan kunlar soni 19 kunni tashkil etgan.

    Meteorologik kuzatuvlarning butun tarixida kecha-kunduz uchun yogʻingarchilik boʻyicha rekordchi 2009-yilning 8-aprel kuni boʻlgan. Ushbu kunda Toshkentda 65 mm yomgʻir yogʻgan, bunda aprel oyining oylik meʼyori 62 mm ni tashkil etgan.

    Odatda aprel oyining harorat foni ham beqaror boʻladi. Havoni jadal isishi, qisqa muddatga haroratni sovuq darajasigacha pasayishi, deyarli sovuq bilan almashinishi mumkin. Oʻzbekiston aholisi oʻtgan yilgi aprel oyining birinchi oʻn kunligi oxirida qor yogʻganini, bunday qor hatto qishda ham yogʻmaganini eslasa kerak.

    Sinoptiklar prognozlariga koʻra, bu yilning aprel oyi iliq boʻladi, hududlarning koʻp qismida odatdagidan 1-2° ga iliqroq boʻladi.

    Yakshanba kuni 4-aprelda va dushanbaga oʻtar kechasi Oʻzbekiston hududi boʻyicha yomgʻir yogʻib oʻtdi, togʻ oldi va togʻli hududlarda kuchli boʻldi, baland togʻlarda yomgʻir qorga aylandi.

    Bugungi kundan boshlab va oyning oʻrtasigacha respublika boʻyicha asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

    Havo harorati kechalari 6-11° iliq, kunduz kunlari 19-24° iliq atrofida boʻladi. Respublikaning shimoliy, janubiy va choʻl hududlarida oyning birinchi oʻn kunligida havo harorati kunduz kunlari 26-29° gacha koʻtariladi.

    Oyning ikkinchi oʻn kunligida harorat kechalari 10-15° iliq atrofida, kunduz kunlari esa harorat 20-25° iliqdan 25-30° gacha oʻzgarib turadi.

    Umuman olganda, joriy yilning aprel oyida yogʻingarchilik meʼyordan kam boʻlishi kutilmoqda, ammo baʼzi kunlarda shiddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Kuchli toshqin yomgʻirlar respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel toshqinlarni vujudga keltirishi mumkin, baland togʻlarda qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.

    Oʻzgidromet