Aprel` oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 3,3 foizga oshgan

    Mamlakatimizda 12 May 2020 2340

    Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotiga ko'ra, shu yilning aprelida iste'mol narxlari va tariflarining oy davomidagi o'rtacha o'sish sur'ati 1,7 foizni tashkil etdi.

    YAnvar`–aprel` oylari davomida iste'mol bozoridagi narxlar va tariflar o'rtacha 4,5 foizga ko'tarildi. Yillik davrda esa (2019 yilning apreliga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o'rtacha o'sish sur'ati 14,5 foizni tashkil etdi.

    Taqqoslash uchun: 2019 yilning aprel oyida tovarlar va xizmatlar narxlari oy davomida o'rtacha 0,9 foizga ko'tarilgan. 2019 yilning yanvar`–aprel oylarida tovarlar va xizmatlar o'rtacha 5,3 foizga qimmatlashgan.

    O'rtacha oylik INI (narxlar indeksining o'rtacha oylik o'sish sur'ati) o'sishini hisoblash natijalariga ko'ra, 2020 yilning yanvar`–aprel` oylarida ushbu ko'rsatkich 1,1 foizni, 2019 yilning shu davrida esa 1,3 foizni tashkil etgan.

    Narxlar va tariflarning oshishi bo'yicha etakchilik o'tgan oylardagi kabi oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo'ldi. Joriy yilning aprel` oyida narxlar 3,3 foizga ko'tarilib, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,7 foiz, xizmatlar esa 0,3 foizga oshgan.

    Taqqoslash uchun: 2019 yilning aprelida narx va tariflarning o'sishi bo'yicha etakchilik nooziq-ovqat mahsulotlarga tegishli bo'lib, narxlar oy davomida 1,1 foizga qimmatlashgan edi. Ushbu davrda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 1 foizga, xizmatlar esa 0,6 foizga oshgan.