Joriy yilning aprel oyi asosan quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning birinchi haftasida kunduzgi harorat 17-22° dan 23-28° gacha, janubda baʼzi joylarda 30-33° gacha koʼtariladi. Faqat 2 aprelь kuni kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida va Fargʼona vodiysining togʼ oldi va togʼli hududlarida qisqa muddatli momaqaldiroq boʼlib, yomgʼir yogʼishi mumkin.
Keyinchlaik aprel oyi harorat tartibi boʼyicha oʼrtacha koʼp yillik qiymatlarga yaqin boʼlishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 3-8° iliqdan 10-15° iliqgacha, kunduz kunlari 13-18° iliqdan 23-28° iliqgacha, respublika janubida 30-33° gacha oʼzgarib turadi.
Oyning ayrim kunlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʼir yogʼishi kutilmoqda.
Baʼzi joylarda doʼl yogʼishi ehtimoldan holi emas.









