Jumladan, Qoʻqon shahrida yashovchi, 2001-yilda tugʻilgan M.O. oʻzining “Samsung Galaxy A31» telefoni orqali “Telegram” messenjerida akkaunt ochib, Oʻzbekiston Respublikasi davlat tuzumini konstitutsiyaga xilof tarzda oʻzgartirishga qaratilgan, aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan hamda “Oʻzbekiston islom harakati” terroristik tashkilotiga tegishli boʻlgan diniy materiallarni yaqin aloqalariga tarqatib kelgan.

Shuningdek, Fargʻona shahrida yashovchi, 2000-yilda tugʻilgan Q.B. esa “Instagram” ijtimoiy tarmogʻidagi oʻz profiliga aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib qiluvchi videolar, maʼruzalar va jihod qilish haqidagi ovozli matnlarni joylab, oʻzining virtual obunachilariga targʻib qilib kelgan.

Taʼkidlash lozimki, ikkala holat yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bergan xulosalarga koʻra, ushbu shaxslardan olingan materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanadi.

Endilikda ularning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.