Mazkur qurilma real vaqt rejimida miya faolligini kuzatib boradi, diqqatning yo‘qolishini sezganda ishdan tanaffus qilishni taklif qiladi. U tashqi ko‘rinishidan gadjet shovqinni pasaytiruvchi oddiy audiotexnikadan farq qilmaydi, deya xabar beradi science.mail.ru.
***
Amerikaning Neurable kompaniyasi diqqatni jamlash va aqliy charchoqni kuzatish uchun o‘rnatilgan sensorlarga ega Neurable One simsiz quloqchinlarini taqdim etdi. Qurilma miyaning elektr faolligini real vaqt rejimida ko‘rsatmalarga aylantiradi.
Tashqi ko‘rinishidan bu model shovqinni faol pasaytiradigan quloqchinlarni eslatadi. Ammo uning asosiy xususiyati quloqchin ichkarisida yashiringan. Uning har bir tomnida 6 tadan quruq elektroensefalografiya (EEG) datchigi mavjud tashqaridan mutlaqo ko‘rinmaydi.
Sensorlar 125 Gs chastotali va 16 bit aniqlikdagi signallarni qayd etadi. Maxsus algoritmlar yurish, jag‘ harakatlari, ijro etilayotgan musiqa va shovqinni kamaytirish tizimidan kelib chiqadigan maishiy to‘siqlarni bartaraf etadi. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, texnologiya faqat umumiy faoliyat namunalarini o‘qiydi va insonning fikrlari, so‘zlari, vizual tasvirlari yoki his-tuyg‘ularini o‘qiy olmaydi.
Quloqchindagi sensorlar qanday ishlaydi?
Yig‘ilgan ma’lumotlar iOS va Android ilovalariga uzatiladi, bu esa biologik teskari aloqa halqasini yaratadi. Kompyuterda ishlayotganda dastur joriy diqqatni jamlash darajasini ko‘rsatadi, diqqat yo‘qolganda tovush fonini biroz o‘zgartiradi. Charchoq alomatlarini aniqlaganda besh daqiqalik tanaffus qilishni, masalan, sovuq suv bilan yuvinishni taklif qiladi.
Umuman olganda, tizim sakkizta ko‘rsatkichni, jumladan, diqqatni jamlash, kognitiv yuklama, uyquchanlik, alfa-ritmning eng yuqori chastotasi va shartli “miya batareyasi quvvati”ni kuzatib boradi. Barcha ko‘rsatkichlar boshqa odamlarning o‘rtacha ko‘rsatkichlari bilan emas, balki egasining shaxsiy bazaviy me’yori bilan taqqoslanadi. Bundan tashqari, ikkinchi finjon qahva, yomon uyqu yoki qisqa sayr miya faoliyatiga qanday ta’sir qilganini tekshirish uchun ko‘zlarni yumgan holda bir daqiqalik testni ishga tushirish mumkin.
Ovoz uchun 40 millimetrli berilliy nurlantirgichlar va o‘nta mikrofon javob beradi, Bluetooth esa AAC va aptX kodeklarini qo‘llab-quvvatlaydi. Neyrodatchiklarsiz akkumulator 22 soatlik musiqaga yetadi, EEGning faol nazorati bilan ishlash vaqti kamayadi, ammo USB-C orqali tez zaryadlash bir necha daqiqa ichida bir necha soat ishlash imkonini beradi.
Yaratuvchilar taxminan 500 dollar turadigan gadjet tibbiy qurilma emasligini va kasalliklarni tashxislash yoki davolash uchun mo‘ljallanmaganini, miya faoliyati haqidagi ma’lumotlar esa sotilmasligini va reklama uchun ishlatilmasligini eslatadi.
Mutaxassislarning fikricha, sezilmas sensorlar miya holatini kuzatishni bugungi kunda aqlli soatlarda pulsni o‘lchash kabi odatiy vazifaga aylantirishi mumkin.
Ilgari simsiz quloqchinlar dunyoni ko‘rish va sun’iy intellekt bilan muloqot qilishni o‘rgatgan edi.