Bu haqda Reuters xabar berdi.
AQSh Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar AQShga olib kelingan va karantinga olingan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 16 kishi Nebraska universiteti tibbiyot markaziga yotqizilgan.
Qolgan ikkitasi Atlanta shahridagi tibbiyot muassasasida kuzatuvda.
Ulardan birida kasallik alomatlari kuzatilgan.
MV Hondius kruiz kemasi And xantavirusining tarqalishi bilan bog‘liq holda tilga olinmoqda.
Bu - kamdan-kam hollarda odamdan odamga yuqishi mumkin bo‘lgan hantavirus turi.
Biroq, mutaxassislar infeksiyaning asosiy tashuvchisi kemiruvchilar ekanligini aytdi.
AQSh sog‘liqni saqlash rasmiylari aholi orasida virusning ommaviy tarqalish xavfi past ekanligini ta’kidladilar.
Chunki virusni yuqtirish uchun bemor bilan uzoq va yaqin aloqada bo‘lish kerak.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, kruiz kemasidagi yetti kishiga hantavirus tashxisi qo‘yilgan.
Tibbiy nazorat ostidagi yo‘lovchilar 42 kungacha karantinda bo‘lishi mumkin.
Avvalroq, Argentinadan Kabo-Verdega ketayotgan kruiz kemasida yetti kishi virusni yuqtirgani haqida xabar berilgan edi.
Ulardan uch nafari vafot etdi.
Bundan tashqari, Isroilda Sharqiy Yevropadan qaytayotgan yo‘lovchida birinchi hantavirus holati qayd etildi.
Avvalroq JSST MV Hondius kemasida bemorlar bilan aloqada bo‘lgan odamlarga 42 kunlik karantinga rioya qilishni maslahat bergan edi, deb xabar berdi kazinform.
Keyinchalik, Fransiya va AQShga evakuatsiya qilingan yana ikki nafar yo‘lovchida hantavirus aniqlangani xabar qilindi.