AQSH 39 nafar Oʻzbekiston fuqarosini deport qildi

    Shu yilning 7-sentyabr kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekistonga deportatsiya reysini amalga oshirdi.

    Bu haqda AQSHning Toshkentdagi elchixonasi xabar berdi.

    Maʼlum qilinishicha, ushbu reysda AQSHda qonuniy qolish huquqiga ega boʻlmagan 39 nafar Oʻzbekiston fuqarosi qaytarilgan.

    “Ushbu parvoz AQSH oʻz chegaralarini mustahkamlash boʻyicha olib borayotgan davomli harakatlar tizimining navbatdagi qismi hisoblanadi. AQSH noqonuniy immigratsiyaga barham berish, mamlakat chegaralari va fuqarolarini himoya qilishga qatʼiy bel bogʻlagan. AQSHga noqonuniy kirib kelganlar qamaladi va deportatsiya qilinadi”, deyiladi xabarda.
    Shuningdek, AQSH Oʻzbekiston hukumatiga deportatsiya jarayonlarini amalga oshirishdagi yaqin hamkorligi uchun «oʻzining chuqur minnatdorchiligini» izhor qilgan.

    Vashington, shuningdek, deportatsiya jarayonidagi hamkorligi uchun Oʻzbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi.