“Ushbu tashkilotlarning aksariyati AQSh suvereniteti va iqtisodiy qudratiga zid bo'lgan radikal iqlim siyosati, global boshqaruv va mafkuraviy dasturlarni ilgari suradi”, deyiladi Oq uy saytidagi bayonotda. Nashr tashkilotlar ro'yxatini keltirmadi.
Bayonotda ta'kidlanishicha, amerikalik soliq to'lovchilar xalqaro tashkilotlarni moliyalashtirish uchun “milliardlar sarflagan” va “ozgina daromad olgan”.
Oq uy matbuot xizmatining qayd etishicha, Donald Trampning ikkinchi muddati boshlanganidan beri AQSh allaqachon Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST), Iqlim bo'yicha Parij kelishuvi, BMT Inson huquqlari kengashi va Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo'yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) tarkibidan chiqqan, deb xabar berdi kommersant.ru.