AQSH Adliya vazirligi TikTok'ga egalik qiluvchi ByteDance kompaniyasini sudga berdi

    Dolzarb 4 Avgust 2024 117

    Qayd etilishicha, AQSH Adliya vazirligi va Federal Savdo Komissiyasi kompaniyani bolalar shaxsiy daxlsizligi to'g'risidagi qonunlarni buzishda ayblagan.

    Shuningdek, TikTok videohosting xizmati faoliyati qayta ko'rib chiqilishi kerakligi, xalqaro hamjamiyat tartib-qoidalariga amal qilish zarurligi ta'kidlangan.

    TikTok bilan bog'liq ishni hozirda Kaliforniya Markaziy okrugi sudi ko'rib chiqayotgani aytilgan. Sud da'vogarlar murojaatini to'la o'rganib chiqib, so'ngra jarayonlarni boshlashi bildirilgan.

    "Da'vo arizasiga ko'ra, 2019 yildan hozirgi kungacha TikTok bolalarga oddiy akkauntlarni yaratish hamda platformada kattalar va boshqalar ishtirokida qisqa formatdagi video va xabarlar joylash, ko'rish va tarqatishga ataylab ruxsat bergan", deyiladi Kaliforniya sudi xabarida.

    Da'vogarlar TikTok rahbariyatidan platformaga ota-ona nazorati tizimini qo'shish hamda kattalar nazoratisiz ochilgan voyaga etmaganlar akkauntlarini o'chirishni talab qilgan. SHuningdek, shaxsiy ma'lumot yig'ish tizimini soddalashtirish taklif qilingan.