AQSh: “Beril” to'foni tufayli 4 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Rasmiylarning ta'kidlashicha, Xyuston hududidagi 2,5 milliondan ortiq uy va korxonalarning elektr energiyasi bilan ta'minlanishi bir necha kunga cho'zilishi mumkin.

    Dushanba kuni AQShning Texas shtatida “Beril” tropik to'foni yopirildi, kamida to'rt kishining hayotiga zomin bo'ldi va keng ko'lamli suv toshqiniga sabab bo'ldi.

    AQSh Milliy to'fon markazi “Beril” to'foni Texasda, shuningdek, qo'shni Luiziana va Arkanzas shtatlarida tornadoni keltirib chiqarishi mumkinligini ma'lum qildi, deb xabar beradi yenisafak.com.