Asosiy eʼtibor Oʻzbekiston Respublikasi va AQSH oʻrtasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalariga qaratildi.
Xususan, nogironlar huquqlarini himoya qilish, inklyuzivlikni ragʻbatlantirish va ularni savdo munosabatlariga jalb etish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va boshqa sohalarga taalluqli ikki tomonlama hamkorlikning keng koʻlamli masalalari koʻrib chiqildi.
Bu yoʻnalishda qoʻshma tashabbuslarni rivojlantirish uchun texnik koʻmak jalb etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha hamkorlikning muhokama etilgan yoʻnalishlari doirasida olib borilayotgan ishlar koʻlamini yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga tayyorlik bildirildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.