AQSh birinchi marta koinot chiqindilari uchun kompaniyani jarimaga tortdi

    AQSh hukumati tarixda birinchi marta koinot chiqindilari uchun jarima soldi. Amerika televidenie provayderi Federal aloqa komissiyasi tomonidan jarimaga tortildi.

    2002-yilda uchirilgan sun'iy yo'ldoshni Yer orbitasidan olib chiqa olmagani uchun kompaniya 150 ming dollar jarima to'laydi. Komissiya vakillari ta'kidlaganidek, mazkur holat Yerga yaqin bo'shliqning ifloslanishiga qarshi kurashda “katta qadam” bo'ldi.

    Jarimaga tortilgan provayder 2012-yilda muddati tugagan qurilmani olib tashlashga va'da bergan. Kompaniya 2022-yilda qurilmani olib tashlashga yana bir urinib ko'rdi, biroq sun'iy yo'ldoshning yoqilg'isi tugab qoldi. Shundan so'ng qurilma orbitada qoldirilgandi, deb xabar beradi mir24.tv.