AQSH delegatsiyasi Oʻzbekiston Mudofaa vazirligida boʻldi

    Harbiy 29 Mart 2024 1067

    AQSH Vakillar palatasi qoʻmitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

    Yurtimizga tashrif doirasida Mayk Rojers Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov bilan uchrashdi.

    Uchrashuv davomida har ikki tomon Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar tenglik, ishonch va hurmat, oʻzaro manfaatlarni inobatga olish kabi prinsiplar asosida rivojlanayotgani, strategik sheriklik darajasiga yetganligi taʼkidlab oʻtildi.

    Shuningdek, keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikda yuqori darajaga erishilgani, faol muloqotlar va oʻzaro tashriflar davom etayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.