Amerikaning Rossiyadagi elchisi Djon Sallivan Sheremet`evo aeroportidan Moskva-London reysi bilan uchib ketdi va Buyuk Britaniyada samolyotni almashtirgandan so'ng Vashingtonga jo'nab ketadi, deb xabar bermoqda TASS.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 16 aprel` kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida aytganidek, Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov Sallivan bilan uchrashuvda unga maslahat uchun Vashingtonga borishni tavsiya qilgan edi.

Dushanba kuni Axios portali AQSh Davlat departamenti vakiliga iqtibos keltirgan holda Sallivan shu hafta Vashingtonga borishi, u erda prezident Djo Bayden ma'muriyati vakillari bilan maslahatlashuvlar o'tkazishi, so'ngra yaqin haftalarda o'z uyiga qaytishi haqida xabar berdi. Davlat departamenti vakili Ned Prays seshanba kuni Sallivanning o'zaro munosabatlarning yomonlashuvi munosabati bilan Moskvaning tavsiyalari bo'yicha maslahatlashuv uchun o'z vataniga qaytib kelayotganini to'g'ridan-to'g'ri tan olmadi.