AQSh Eron kemasiga kiberhujum uyushtirdi – OAV

    AQSh Qizil dengiz va Adan ko'rfazidagi yuk kemalari haqida razvedka ma'lumotlarini yig'ayotgan Eron harbiy kemasiga kiberhujum uyushtirdi.

    Qayd etilishicha, kiberhujum bir haftadan ko'proq vaqt oldin sodir bo'lgan va Oq uy ma'muriyatining Iroqdagi Eron tomonidan qo'llab-quvvatlangan guruhlar tomonidan o'tgan oy oxirida Iordaniyada uch amerikalik askarning halok bo'lishiga va yana o'nlab kishilarning jarohatlanishiga olib kelgan uchuvchisiz uchish uskunasi hujumiga javobining bir qismi bo'lgan.

    Operatsiya Eron kemasining Qizil dengizdagi yuk kemalariga raketa va uchuvchisiz uchish uskunalaridan o'q uzayotgan Yamandagi husiy isyonchilarga razvedka ma'lumotlarini yetkazishning oldini olishga qaratilgan edi. AQSh rasmiylarining aytishicha, Eron husiylarlarning kemalarga hujumlari samaraliroq bo'lishi va buning uchun ma'lumot yetkazishda kemadan foydalangan, deb xabar beradi korrespondent.net.