баннер
26 Apr 2025
12:00

    AQSh Grenlandiyani egallab olish rejasini ishlab chiqdi – OAV

    Donald Tramp ma'muriyati Grenlandiyani egallab olish rejasini ishlab chiqdi, bu orolni kuch bilan qo'lga kiritish ssenariysiga emas, balki Grenlandiyadagi jamoatchilik fikri bilan ishlashga asoslangan. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

    Nashr manbasiga ko'ra, Grenlandiyani AQSh nazorati ostida qo'lga kiritish rejasi Milliy xavfsizlik kengashining bir necha yig'ilishlarida muhokama qilingan va bir qancha vazirliklarni qamrab olgan, ularga aniq ko'rsatmalar yuborilgan.

    Rejaga ko'ra, AQSh sa'y-harakatlari orolning 57 ming aholisini “ular AQShga qo'shilishni so'rashlari kerakligiga” ishontirishga qaratilgan.

    Tramp ma'muriyati grenlandiyaliklar uchun moliyaviy imtiyozlarni – masalan, Daniya har yili orolga beradigan 600 million dollarlik subsidiyalar o'rniga orolda har bir kishi uchun 10 ming dollar miqdorida subsidiya berish ehtimolini ham ko'rib chiqmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.

    Ayrim Tramp rasmiylarining fikricha, bu xarajatlar Grenlandiyaning tabiiy resurslari, mis, oltin, uran va neftni o'z ichiga olgan kamyob minerallarni qazib olishdan olingan yangi daromadlar hisobiga qoplanishi mumkin.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech