AQSh husiylarning yer osti qurol omborlariga zarba berdi

    AQSH Yamanda husiylarning beshta yer osti qurol omboriga zarba berdi. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin ma'lum qildi.

    Uning so'zlariga ko'ra, u yerda husiylar tomonidan butun mintaqa bo'ylab tinch aholi va harbiy kemalarga hujum qilish uchun foydalanilgan turli turdagi “qurol komponentlari” saqlangan, deb xabar beradi rbc.ru.

    Avvalroq mahalliy Al Mayadeen va Al Masirah telekanallari AQSh va Buyuk Britaniya Yaman poytaxti Sana va mamlakat shimoli-g'arbidagi Saada shahriga qator hujumlar uyushtirgani haqida xabar bergan edi.