AQSH investitsiya kompaniyalari mamlakatimiz qimmatli qogʻozlari bozoriga qiziqish bildirdi

    Moliya 18 Sentabr 2024 781

    Markaziy bankda AQSH Transmilliy tadqiqot korporatsiyasi va investitsiya kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda Oʻzbekistondagi makroiqtisodiy vaziyat va prognozlar, pul-kredit siyosatini yuritish va inflyatsiyani pasaytirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, tashqi sektor koʻrsatkichlari hamda bank-moliya tizimidagi soʻnggi oʻzgarishlar muhokama etildi.

    Investitsiya kompaniyalari vakillari davlat qimmatli qogʻozlari bozoriga qiziqish bildirib, ularga ichki bozordan davlat obligatsiyalarini xarid qilishning joriy mexanizmi va infratuzilmani takomillashtirish boʻyicha kelgusi rejalar yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.

    Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar doimiy muloqotni tashkil etishga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.

    Maʼlumot uchun:

    AQSH Transmilliy tadqiqot korporatsiyasi 1982-yilda tashkil topgan boʻlib, jahon bozorlarining keng doiralarida makroiqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar olib boruvchi portfel menejerlarini taqdim etishga ixtisoslashgan konsalting kompaniyasi hisoblanadi.