баннер
28 Mar 2025
20:05

    AQSh Kongressi mamlakatni BMTdan chiqish tashabbusini ko'rib chiqadi

    AQSh Senatida AQShni BMTdan chiqishi va uni moliyalashtirishni to'xtatish tashabbusi ilgari surildi.

    Bu haqda uning muallifi, respublikachi senator Mayk Li o'z saytida ma'lum qildi.

    Gap AQShning BMT va unga aloqador tashkilotlardan to'liq chiqishi haqida ketyapti, bunga Vashington tomonidan ularni moliyalashtirishni ham to'xtatish kiradi. Bundan tashqari, tashabbus BMT bilan Nyu-Yorkda rasmiy shtab-kvartiraga ega bo'lish huquqini beruvchi kelishuvni bekor qilishni ko'zda tutadi, shuningdek, BMT xodimlarini AQShdagi diplomatik daxlsizlikdan mahrum qiladi.

    Fox News, o'z navbatida, respublikachi kongressmen Chip Roy 21-fevral kuni Vakillar palatasida xuddi shunday taklifni kiritishi haqida xabar berdi. Uning so'zlariga ko'ra, BMT va uning tuzilmalari “amerikaliklar manfaatlarini ilgari surmaydi”. Fox News ta'kidlashicha, AQSh BMTni moliyalashtirish bo'yicha birinchi o'rinda turadi, masalan, 2022-yilda u 18 milliard dollarni tashkil etdi – bu tashkilot umumiy byudjetining uchdan bir qismi.

    Qonun loyihasida, shuningdek, AQSh bundan buyon BMTning tinchlikparvar missiyalarida ishtirok etmasligi va Amerika ijroiya hokimiyatiga “BMT yoki uning bo'linmalariga Senat roziligisiz a'zolikni qayta tiklash bo'yicha har qanday kelishuvga kirishni” taqiqlashi ham nazarda tutilgan, deb xabar beradi tass.ru.

    20-yanvar kuni Tramp AQShni Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST, BMT organi) tarkibidan chiqarishga qaror qildi. Bloombergning xabar berishicha, Vashington tez orada tashkilotning boshqa agentliklarini boykot qilishi mumkin.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech