Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-AQSH munosabatlarining tomonlarni qiziqtirgan sohalar boʻyicha dolzarb masalalari muhokama qilindi. 2018-yilda Kongressda “Oʻzbekiston boʻyicha kokus” tuzilishi natijasida ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari vakillarining oʻzaro tashriflarini tashkil etish ortgani va bu parlamentlararo aloqalarning ijobiy surʼatda rivojlanayotganidan darak berishi mamnuniyat bilan qayd etildi.
Afgʻonistonda gumanitar inqirozning oldini olish, shuningdek, ushbu mamlakatning xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuvi boʻyicha Oʻzbekiston pozitsiyasi va qarashlari Amerika tomoni eʼtiboriga yetkazildi.
Kongress xodimlari Oʻzbekiston tomonidan afgʻon xalqiga insonparvarlik yordami koʻrsatish borasida amalga oshirilayotgan aniq chora-tadbirlarni yuqori baholadilar.
Uchrashuvda BMTning Toshkentdagi doimiy koordinatori v.b. Munir Mamedzade va “UN Foundation” jamgʻarmasi vitse-prezidenti Piter Yeo ishtirok etdi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.